«Qamchiq» dovonida ikki yuk mashinasi to‘qnashdi

Bugun, 2 dekabr kuni «Qamchiq» dovonida yuk mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu xaqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 10 tonna guruch ortilgan «Isuzu» rusumli yuk mashinasi yog‘och qirindisi olib ketayotgan shu rusumdagi boshqa yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
To‘qnashuv natijasida yog‘och qirindisi ortilgan avtomobil yon tomoniga ag‘darilgan. Ikkala transport vositasining haydovchilari turli darajada yengil tan jarohatlari olgan. Ularga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter