«Qalqon» tizimi orqali bedarak yo‘qolgan qiz topildi
Joriy yilning 11 yanvar kuni, Yagona tezkor boshqaruv markazining «Qalqon» tizimi orqali jami 4 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxslar aniqlanib ushlandi.
Ular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 122-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash), 169-moddasi (O‘g‘rilik) va 277-moddasi (Bezorilik) kabi jinoyatlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan.
Shu bilan birga mazkur tizim orqali bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qiz ham topildi.
Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan «Spark» rusumli, davlat raqam belgisi 01 A 415 NB bo‘lgan avtoulov Olmazor tumanida aniqlanib, ushlandi.
Hozirda Yagona tezkor boshqaruv markazi xodimlari tomonidan bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter