Prokuratura oldida ayol o‘zi va bolalariga o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi

Chinoz tumani prokuraturasi oldida o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayol masalasida mas’ullar bilan bog‘lanib, vaziyatni o‘rgandik, deb yozmoqda deputat Rasul Kusherbayev.
Ma’lum bo‘lishicha, sud qaroriga asosan S.Xodjanovdan fuqaro G.Xodjanovaga aliment undirish belgilangan.
Qarzdor 2022-yil 1-fevralga qadar har oyda 550.000 so‘mdan aliment pullarini to‘lab kelgan.
Shuningdek, Kattatepalik MFY, Fayzli ko‘chasi, 16-uyga kiritib qo‘yilgan.
Biroq shu yilning 25 fevral kuni G. Xodjanova prokuratura binosi oldiga 3 nafar farzandi bilan kelib, ijro harakatlari olib borilmaganini aytib, o‘zini va bolalarini benzin bilan yoqmoqchi bo‘lgan. So‘ng benzinni o‘zi va farzandlari atrofiga sepib, yoqib yuborgan.
Xodimlarning harakati bilan yong‘in bartaraf etilib, hech kim zarar ko‘rmagan.
Holat yuzasidan mas’ul idora tomonidan ishchi guruh tuzilib, fuqaro kiritib qo‘yilgan xonadonda yashovchi oila o‘rganilgan.
Hozirda mutaxassislar tomonidan G. Xodjanovaning ruhiy holati o‘rganilmoqda.
Bolalar ombudsmani ham masalani nazoratga olishi kerak, deya qayd etib o‘tgan deputat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter