Prokuratura 13 nafar o‘smirning gazdan zaharlanishi holatini tekshirmoqda
Qarshi shahrida 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlangani haqida xabar berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati qo‘shimcha qilishicha, bugun 19 dekabr kuni soat 06-50 larda Qarshi shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan birining yotoqxonasida yashovchi 13 nafar o‘smir yotoqxonaga o‘rnatilgan gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik sababli zaharlanishgan.
Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamdan so‘ng ularni barchasining ahvoli yaxshilangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tekshiruv olib borilishi ustidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter