Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Professor va tarjimon No‘’mon Rahimjonov vafot etdi

Professor va tarjimon No‘’mon Rahimjonov vafot etdi

Filologiya fanlari doktori, professor, tarjimon No‘’mon Rahimjonov vafot etdi.

No‘’monjon Rahimjonov 1944-yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetini tugallagan.

Filologiya fanlari doktori, professor. «Shoir va davr», «Istiqlol va bugungi adabiyot», «Tarixiy qissalar haqiqat izlaydi», «Badiiy asar biografiyasi» kabi monografiyalari, «Nur boqiylikdir», «Falsafiy lirika» kabi risolalari chop etilgan.

Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring