«Prezident Administratsiyasidan topshiriq bo‘lmagan» — SSV videoga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bolalar bilan yuz bergan holat yuzasidan jurnalistlar savollariga o‘zini vazir yordamchisi deb tanishtirgan shaxs «Administratsiyadan buyruq bo‘lgan, intervyu berilmaydi» mazmunidagi javob bergani aks etgan videolavha tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi holatga munosabat bildirib, ushbu ma’lumot haqiqatdan yiroq ekanligi, Prezident Administratsiyasidan bunday topshiriq bo‘lmaganini ma’lum qildi.
«O‘z navbatida, bolalarda aniqlangan holat bo‘yicha huquq-tartibot organlari va tegishli tashkilotlar tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini eslatib o‘tamiz», deyiladi qisqa munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter