Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prava»ni hal qilmoqchi bo‘lganlar «qopqon»ga tushdi

«Prava»ni hal qilmoqchi bo‘lganlar «qopqon»ga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar O‘.S. va Sh.X. fuqaro N.Sh.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.G. va A.A. fuqaro M.M.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evazia 600 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Jondor tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar Z.A. va M.S. fuqaro M.R.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring