Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prava» va’dasi sabab bir nechta shaxs qo‘lga olindi

«Prava» va’dasi sabab bir nechta shaxs qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro J.M. va boshqalar fuqarolar N.Sh. va I.B.ga «V.S.» toifali haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 1 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «S.A.» UK avtomaktabi hisobchisi A.E. fuqaro D.U.ga «V.S.» toifali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 6,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.R. fuqaro M.R.ga tanishlari yordami haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring