Poytaxtga kelayotgan «Malibu»dan og‘u chiqdi
![Poytaxtga kelayotgan «Malibu»dan og‘u chiqdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/0/720_460_95_1008136670.jpg)
Toshkent viloyati IIBB JQB hamda DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamkorligida Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtga olib o‘tilayotgan og‘u fosh etildi.
Tezkor-qidiruv tadbiri natijasida, 1991 y.t. fuqaro A.B. (Toshkent shahrida yashovchi) o‘ziga tegishli bo‘lgan «Malibu» avtomashinasida 2 kg 933 gr «gashish» giyohvandlik vositasini Termizdan Toshkent shahriga olib kelayotgan vaqtida ushlandi.
Holat yuzasidan B.R. ga nisbatan Zangiota tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter