Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poyga o‘ynagan yigit halok bo‘ldi

Poyga o‘ynagan yigit halok bo‘ldi

Foto: Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda «Yuqori Chirchiq tumanida do‘sti bilan poyga o‘ynagan 2003 yil tug‘ilgan yigit halok bo‘lgani» haqida video tarqaldi.

YTH yuzasidan ma’lumot rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 sentyabr kuni soat 14:00 larda, Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududidan o‘tgan 4P-15 «Qiziltog‘-Yangibozor» avtomobil yo‘lining 67-kilometrida haydovchi, 2003 yilda tug‘ilgan M.M. (haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan) «Vaz-2107» rusumli avtomobilda «Yangibozor-Parkent» yo‘nalishida harakatlanayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib, chap tomonda bo‘lgan beton devorga urilgan.

Natijada, haydovchi M.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Barcha ota-onalardan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring