Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerevandagi portlashda jabrlanganlar orasida xorij fuqarolari ham bor

Yerevandagi portlashda jabrlanganlar orasida xorij fuqarolari ham bor

Foto: «Aysor.am»

Armaniston poytaxti Yerevan shahrida portlash yuz bergani haqida xabar bergan edik. «RIA Novosti» agentligining ma’lumot berishicha, ushbu portlash oqibatida 9 kishi jabrlangan.

Jabrlanganlar orasida xorijliklar, jumladan, Rossiya va Eron fuqarolari borligi aytilmoqda. Jabrlanganlarning barchasi shahar markazidagi Avliyo Grigoriy tibbiyot markaziga olib ketilgan.

Mahalliy OAVlar tarqatgan xabarga ko‘ra, portlash 2-aprel kuni mahalliy vaqt bilan 20:44 da shahar markazidagi kafelardan birida sodir bo‘lgan. Voqea joyida tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlabki norasmiy ma’lumotlarda gaz balloni portlagani aytilgan edi. Ammo FVV kislorod balloni portlaganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring