Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonning sobiq prezidenti 80 yoshida vafot etdi

Pokistonning sobiq prezidenti 80 yoshida vafot etdi

Pokistonning sobiq prezidenti Mamnun Xuseyn 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li GeoTV ga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eks-prezident saratonga chalingan hamda ikki hafta davomida hususiy kasalxonada davolanayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Mamnun Xuseyn 2013-2018-yillar mobaynida Pokiston prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Kasalxonaga yotgunga qadar u Sind viloyati gubernatori bo‘lgan. Xuseyn mamlakatning sobiq bosh vaziri Navaz Sharifning davomchisi edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring