Piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 27-iyun kuni soat 22.30larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qiziljar mahallasi hududida haydab ketayotib, piyoda — O‘rikzor mahallasida yashagan 41 yoshli Rustam Valiyevni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.
Natijada piyoda R.Valiyev jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz, deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter