Parkentda uch nafar shaxs talonchilikda gumonlanib ushlandi
16-mart kuni Parkent tumanida 29 yoshli Q.N., 24 yoshli X.E. va 22 yoshli A.T.,lar o‘zaro jinoiy til biriktirib, 38 yoshli U.Sh.,ga nisbatan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 2.000.000 so‘mlik «LG» rusumli uyali aloqa vositasini, 2.000 AQSh dollari hamda 500.000 so‘m naqd pullarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov jarayonida X.E.,dan ashyoviy dalil tariqasida «LG» rusumli uyali aloqa vositasi olingan.
Jinoyat ishi yuzasidan A.T., Q.N. va X.E.lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter