Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiyadan dahshatliroq. Bill Geyts insoniyatni ikkita xavfdan ogohlantirdi

Pandemiyadan dahshatliroq. Bill Geyts insoniyatni ikkita xavfdan ogohlantirdi

Foto: «Pexels.com»

Amerikalik tadbirkor va Microsoft asoschisi Bill Geyts yaqin kelajakda odamzodga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ikkita tahdidni ma’lum qildi, deb yozadi «NEWS.ru».

OAV ko‘pincha milliarderning 2015-yilda aytgan so‘zlarini keltiradi. O‘shanda Geyts mabodo yaqin o‘n yil ichida odamlar qirila boshlasa, bunga urush emas, balki o‘ta yuqumli virus sabab bo‘lishini ta’kidlagandi.

Endi esa Geyts bioterrorizm va iqlim o‘zgarishi asosiy tahdid bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Tadbirkorning fikricha, har yili iqlim o‘zgarishidan «pandemiya davridagidan ko‘ra» ko‘proq odamlar azob chekishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi odamzodga zarar yetkazish istagida bo‘lgan har qanday odam xavfli virusni yaratishi mumkin.

Buning zarari esa kasallikning tabiiy avj olishiga qaraganda ko‘proq bo‘lishini ta’kidlamoqda milliarder.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring