O‘zi ishlab turgan korxonani o‘margan «insofli xodim» qo‘lga tushdi
2022-yil 3-yanvar kunidan 4-yanvar kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 03:30larda Nukus shahrida tug‘ilgan 26 yoshli J.O. o‘zi ishlaydigan korxonani o‘maradi.
X.Abdambetov ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexiga hech kim yo‘qligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kiradi va ofis sifatida foydalanadigan xonadagi temir seyfni buzib, ichidagi 236 mln. so‘m pullardan jami 179 mln. so‘m bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qiladi.
O‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida aniqlanishicha, J.O. mebel sexiga kirish darvozasining qulflaydigan temir ilgichini ochib kirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» (o‘g‘rilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter