Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» rahbari Toshkent aholisini ogohlantirdi

«O‘zgidromet» rahbari Toshkent aholisini ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» direktori o‘zining feysbukdagi sahifasida shamol tezligi ko‘tarilishi haqida xabar berdi.

Unda aholidan avtoulovlarni daraxtlar ostida qoldirmasliklari tavsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ayrim hududlarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat +9 daraja iliq, shimolda -7 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring