O‘zbekistonning «qotil ko‘chalari». Bir haftada 46 nafar qurbon
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabariga ko‘ra o‘tgan haftada (13-avgustdan 19-avgustgacha) respublika avtomobil yo‘llarida jami 173ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ushbu hodisalarda 46 nafar fuqaro halok bo‘lib, 166 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 82132ta qoidabuzarliklar aniqlanib, bu qoidabuzarliklarning 39623tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil etadi. Jumladan, 1487 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarganligi, 11125 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini, 1040 nafar haydovchi svetoforning taqiqlovchi ishorasiga rioya etmasdan chorrahalardan o‘tish qoidasini, 12007 nafar haydovchi odam tashish, 266 nafar haydovchi temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidasini buzganligi uchun to‘xtatilib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter