Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshdi

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshdi

So‘nggi 3 yilda O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan. 

Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda 25 mln. nafardan ortiq internet foydalanuvchilari mavjud. O‘tkazilgan tahlil natijalari bugungi kunda mamlakatimizda kiberjinoyatchilikni o‘sish tendensiyasi kuzatilayotganligidan dalolat bermoqda.

So‘nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan. Jumladan, kiberjinoyatchilikning bir qator turlari sodir bo‘layotganligi kuzatilmoqda.

- firibgarlar plastik karta foydalanuvchilariga kelgan SMS-xabarnomadagi kodlarni to‘lovni amalga oshirish, yutuqni berish kabi bahonalar orqali egallab, undagi mablag‘larni o‘zlashtirish;

- shaxsiy ma’lumotlarni egallash va ularni oshkor qilish bilan qo‘rqitib tovlamachilik qilish (kibertovlamachilik);

- ijtimoiy tarmoqda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, haqorat, suitsid holatlari (kiberbulling) va boshqalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring