Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi

O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi

27-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:33da Afg‘onistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi

Yer silkinishi koordinatalari: 36,6 gradus shimoliy kenglik; 69,86 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 100 km. 

Yer silkinishi epitsentridan Toshkentgacha masofa 522 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida ham sezildi. Jumladan:

  • Farg‘ona: 453 km, 2 ball;
  • Guliston: 443 km, 2 ball;
  • Jizzax: 429 km, 2 ball;
  • Samarqand: 424 km, 2 ball;
  • Termiz: 240 km, 3 ball;
  • Qarshi: 437 km, 2 ball.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring