Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qahramoni 72 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni 72 yoshida vafot etdi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida fidokorona xizmat qilgan ekskavatorchi-mashinist, mehnat faxriysi, O‘zbekiston Qahramoni Anatoliy Nikolayevich Panin shu yil 21-oktyabrda 72 yoshida vafot etdi.

A.Panin 1949-yil 12-mart kuni  tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, dastlab Don shahridagi kasb-texnika maktabida, keyinchalik Navoiy kasb-hunar texnikumida tahsil oldi.

A.Panin Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli «Sharqiy» karerida ish boshlab, ko‘p yillar davomida ekskavator mashinisti, mashinistlar brigadiri, uchastka ustasi vazifalarida samarali xizmat qildi.

U 1995-yilda «O‘zbekiston Qahramoni» oliy unvoni hamda «Oltin yulduz» medali bilan mukofotlangan edi.

Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring