«O‘zbekiston» mehmonxonasi ma’muri ikkinchi marotaba qo‘shmachilik qildi
Jizzax shahri Sharof Rashidov tumanida yashovchi F.N. muqaddam qo‘shmachilik, ya’ni JK 131-moddasi 4-qismining «b» bandi sudlanib, xavfli retsidivist bo‘lgani holda yana shu turdagi qo‘shmachilik jinoyatini sodir qilgan. Bu haqda saytimizga Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudining raisi ma’lum qildi.
Jumladan, Jizzax shahar Jizzaxlik mahallasida joylashgan «Grand Tower» MChJga qarashli «O‘zbekiston» mehmonxonasida ma’mur vazifasida ishlab kelib, 2018-yil 30-may kuni soat 21:30 larda mehmonxonaning 5-qavat navbatchisi jinoiy sherigi O.T. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh shaxs bo‘lishib, g‘araz va boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilib, moddiy manfaatdor bo‘lish maqsadida 30 000 so‘m pul evaziga mehmonxonaning 227-xonasida S.F. bilan H.D.ni hamda M.S. bilan A.K.ni jinsiy aloqa qilishlari uchun ularga sharoit yaratib berib, qo‘shmachilik qilishgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudining 2018-yil 13-iyundagi xukmiga kura sud majlisida ushbu ikki sudlanuvchi ayblariga to‘liq iqrorlik bildishib, sodir qilgan ishlaridan pushaymon ekanliklarini, qaramoqlarida voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olib suddan yengillik berishni so‘rashdi.
Sud O.T. aybiga to‘liq iqror va chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy ahvolini, qaramog‘ida ikki nafar farzandi borligini, muqaddam sudlanmaganligini, ayol kishi ekanligini inobatga olib, JK 131-moddasining 3-qismi bilan aybdor deb topilib, unga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
F.N.ga nisbatan 131-moddasi 4-qismining «b» bandi bilan aybdor deb topilib, JKning 45-moddasiga asosan 2 yil 6 oy muddatga mehmonxonalarda, shuningdek, moddiy va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, uzil-kesil 3 yil muddatga mehmonxonalarda, shuningdek, moddiy va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter