O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 30-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 19:16 da (30.06.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 14:16 da) O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 38,3 gradus shimoliy kenglik; 65,81 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 440 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Qarshi shahrida 3 ball, 60 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter