O‘zbekiston hududida zilzila kuzatildi
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berishicha, bugun, 29-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:06 da O‘zbekiston hududida yer qimirladi.
Zilzila epitsentri Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hududida joylashgan.
Zilzila koordinatalari: 39,19 daraja shimoliy kenglik; 67,03 daraja sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,1.
Chuqurlik — 15 km.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 296 km janubi-g‘arbda joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter