Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z mahallasida yo‘lto‘sarlarga duch keldi

O‘z mahallasida yo‘lto‘sarlarga duch keldi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 25-may kunidan 26-may kuniga o‘tar kechasi tungi soat 01:00 larda noma’lum shaxslar Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Paxtazor mahallasidan o‘tib ketayotgan, ushbu mahallada yashovchi 29 yoshli A.Sh.ni hech bir sababsiz to‘xtatib, yuz qismiga urgan. So‘ng qo‘lida bo‘lgan telefon apparati va cho‘ntagidagi 700.000 so‘m pulini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 17 yoshli Sh.D., 14 yoshli Q.O. va 21 yoshli B.B.lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring