Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Mahkamov O‘zbekiston shifoxonalarida emas — SSV

Otabek Mahkamov O‘zbekiston shifoxonalarida emas — SSV

Otabek Mahkamov

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor Otabek Mahkamov og‘ir ahvolda ekani va  mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatidan norozilik bildirgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyatga aniqlik kiritish uchun ushbu holatni o‘rgandi.

Qayd etilishicha, O.Mahkamov vazirlik tizimiga kiruvchi biror davolash muassasasida muolaja olmagani aniqlangan.

«Bundan tashqari, Mahkamov shu yilning iyun oyi boshida mamlakatimizdan xorijga safarga ketganligi, hozirda esa AQShda davolanayotganligi haqida xabarlar aytilmoqda.

Qolaversa, internet tarmog‘ida tarqalgan matn aynan O.Mahkamovga tegishli ekani ham tasdiqlanmagan. Ushbu matnning oddiy imlo va grammatik qoidalarga javob bermasligi ham buni tasdiqlay oladi.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar adminlari, blogerlar va fuqarolardan inson hayoti bilan bog‘liq bu kabi masalalar ortidan asossiz shov-shuv qo‘zg‘ashga urinish qonunga va insoniylik tamoyillariga zid ekanini eslatib o‘tamiz», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring