O‘rta Chirchiqdagi yangi omborxonada katta yong‘in chiqdi
Joriy yilning 8-yanvar kuni soat 16:10da Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani Gulzor MFYda joylashgan «Izza Bobur» oilaviy korxonasiga qarashli yangi qurilayotgan omborxona binosida yong‘in bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga 6ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 16:26da yetib borgan. Aytilishicha, eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 15 km.ni tashkil etgan.
Yong‘in soat 16:40da o‘rab olingan va soat 17:05da o‘chirilgan. Buning natijasida, alangada qolgan binoning 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Ammo, omborxona binosining 190 kv.m. maydonida sintepon qurilish mahsuloti va tom qismi yongan.
Mazkur hodisaning taxminiy sababi, sintepon qurilish mahsulotini bir biriga fen yordamida ulanishida ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter