Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oq odamning pashshasi» yoxud dunyoga mashhur hasharot haqida qiziqarli ma’lumotlar

«Oq odamning pashshasi» yoxud dunyoga mashhur hasharot haqida qiziqarli ma’lumotlar

Foto: «Medovyiblog.ru»

Asalarilar — juda ko‘p o‘rganilgan va azaldan ijobiy timsol sifatidan ko‘rilgan jonzotlardan biri. U bilan bog‘liq tarixiy voqealar va dallillar ham talaygina. Quyida asal va asalarilar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

  1. Tarixiy manbalarga ko‘ra, asalarichilik amaliyoti 4 500 yil muqaddam paydo bo‘lgan. Shu boisdan asalarichilik eng qadimgi ikkinchi kasb ekanligi aytiladi.
  2. Biz iste’mol qilayotgan ovqatning taxminan uchdan bir qismi asalari changlanishining natijasidir.
  3. Ishonish qiyin, ammo ishchi asalarilar 6-8 haftalik umrlari davomida Ona sayyoramizga teng masofani bosib o‘tishadi.
  4. Asalarilarning birlashtirilgan oyoqlari bo‘lsa-da, ular tizza qopqog‘iga o‘xshash narsalarga ega emaslar va shuning uchun ularning tizzalari yo‘q.
  5. Ma’lumotlarga qaraganda 1 kg asal tayyorlash uchun asalarilar to‘dasi o‘rtacha 55000 milya uchishi kerak.
  6. Aytishlaricha, amerikaliklar har yili 1,31 funt asal iste’mol qilishadi. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda qariyb 212 ming asalarichi borligi taxmin qilinadi.
  7. Asal shifobaxshligi bilan mashhur. Misol uchun uning zahri artrit va yuqori qon bosimini o‘z ichiga olgan bir nechta kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.
  8. Tarixda asal ramz vazifasini ham bajargan. Masalan, qadimgi yunonlar va rimliklar asalga sevgi, go‘zallik va hosildorlik ramzi sifatida qarashgan.
  9. Yunon mifologiyasida Apollon birinchi asalarichi sifatida tan olingan. Shuninglek, ular Napoleon geraldikasiga qo‘shilgan hasharot sifatida ham mashhur.
  10. Qadimgi Misrda soliqlarni asal bilan to‘lashgan bo‘lsa, yunonlar asalarilar bilan tangalar zarb etishgan.

  1. Tosh asriga tegishli aksariyat g‘or rasmlari qadimgi asalarichilik haqida so‘zlaydi. Misol uchun asal yig‘ishni tasvirlaydigan eng qadimiy san’atni Ispaniyaning Valensiya shahri yaqinidagi O‘rgimchak g‘oridan topish mumkin.
  2. «Asal oyi» so‘zi qadimgi urf-odatlardan kelib chiqqan bo‘lib, yangi turmush qurgan juftlikka baxt va unumdorlikni ta’minlash maqsadida bir oylik ta’limotni nazarda tutadi.
  3. Qadimgi Xet imperiyasida asalarilarni o‘g‘irlaganlarga jazo tayinlangan. Masalan, dastlabki o‘g‘rilik uchun o‘rtacha 6 misel kumush tanga jarima joriy qilingan.
  4. Ishchi asalari o‘z vaznining 80 foizga teng nektar yoki polen yukni ko‘tarishi mumkin. Shu bilan birga, «Melissa» nomi yunoncha asalari so‘zidan kelib chiqqan.
  5. AQShda har yili 300 dan ortiq turli xil asal turlari ishlab chiqariladi. Rang va lazzatning xilma-xilligi asalari nektar yig‘adigan gul turlari bilan belgilanadi.
  6. Asalari ilk bor Shimoliy Amerikaga yevropalik asalarichi Shakers tomonidan olib borilgan. Shu sababli, qit’aning tub aholisi asalarining «Oq odamning pashshasi» deb atashgan.
  7. Asalarilarning 170 ta hid chiqaruvchi retseptorlari mavjud. Ularning hid bilish qobiliyati esa itga qaraganda 50 baravar kuchlidir. Shuning uchun ham asalaridan ko‘milgan minalarni topish uchun foydalanib ko‘rishgan.
  8. Asalarida ikkita oshqozon bor — biri ovqat uchun, ikkinchisi esa nektar saqlash uchun.
  9. Asalarilarning 5 ta ko‘zi bor — 3 ta oddiy va 2 ta aralash ko‘zlar.

  1. Asalarilarning 4 ta hayot bosiqichi mavjud: tuxum, lichinka, qo‘g‘irchoq va kattalar.
  2. Asal antibakterial xususiyatga ega. Shuning uchun uni yaralar bitishi uchun malham sifatida ishlatish mumkin.
  3. So‘nggi vaqtlar yirik shaharlarda asalarichilik jadal rivojlanmoqda. Shu boisdan yoz oylarida asalarilar soni birgina London aholisidan ko‘proq ekanligi taxmin qilinadi.
  4. Asal 80% shakar va 20% suvdan iborat.
  5. Qish paytidan, ishchi asalarilar uyadan chiqindilarni olib chiqib tashlash uchun qisqa muddatli «tozalovchi parvozlar»ni amalga oshiradi.
  6. Asalarilar o‘zlarining «yuzni aniqlash dasturlari»ga ega va inson yuzlarini taniy olishadi.
  7. Asalarilar quyoshni kompas sifatida ishlatishadi. Bulutli kunlarda esa o‘z yo‘llarini topish uchun qutblangan nurdan foydalanishadi.

Nurillo To‘xtasinov tarjimasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring