Konimexda 4 kishi qum ostida qolib halok bo‘ldi
17-noyabr kuni Zarafshondagi Lolazor degan joyda tilla qumini kavlash paytida 40-50 kishini qum bosib qolgani xususida xabarlar tarqalgandi.
Ammo ushbu ma’lumot tasdiqlanmadi.
FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, aslida 13 noyabr kuni soat taxminan 22:00 larda Konimex tumani «Karakata» OFY hududida joylashgan Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqaro tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish bilan shug‘ullangan va kutilmaganda qum ostida qolgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.
Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter