Oltiariqda «Lasetti» olib qochildi
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 7 may kuni soat 20:20 larda noma’lum shaxs Kanalbo‘yi ko‘chasida eshiklari qulflanmagan, kalit o‘zida ochiq holda qarovsiz qoldirilgan «Lasetti» mashinasini olib qochib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.A. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter