Koronavirus yuqtirgan yana ikki bemor olamdan o‘tdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, yana ikki yurtdoshimiz koronavirus sabab vafot etdi.
Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli fuqaro K. G. (erkak)da 11 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.
Bemor doimiy ravishda yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi, qandli diabet, surunkali o‘pka obstruktiv kasalligi bilan davolanib yurgan.
Hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashgan bemor, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Yunusobod tumanida yashagan 39 yoshli M.R (erkak)da 6 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.
Unda “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bu bemor ham o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter