Olmazor tumanida yo‘lovchi tashuvchi «Gazel» yonib ketdi
Joriy yilning 26-iyul kuni soat 9:10 larda Toshkent shahar Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasida haydovchi, 1993-yilda tug‘ilgan M.R. 8 nafar yo‘lovchi bilan «Gazel» rusumli avtomobilni boshqarayotib dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab zudlik bilan to‘xtagan.
Yo‘lovchilar avtomobildan tushirilgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishlari so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter