Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliqdagi qo‘shma korxonada portlash sodir bo‘ldi

Olmaliqdagi qo‘shma korxonada portlash sodir bo‘ldi

Bugun, 15 iyun kuni soat 17:55 da Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi «Ammafos-Maksam» korxonasi hududida ijarada faoliyat yuritayotgan «MAXAM-UZBEKISTON» qo‘shma korxonasining Reaxit ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonni buzilishi natijasida portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ushbu sexning bino konstruksiyalari buzilgan. Shuningdek, voqea joyiga yaqin bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi tan jarohati olgan. Ayni vaqtda jabrlangan fuqaro shahar tibbiyot birlashmasida, shifokorlar nazoratida, ahvoli qoniqarli.

«Sodir bo‘lgan vaziyat oqibatida ishchi-xodimlarning halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi», deyiladi xabarda.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida viloyat hokimligi, prokuratura, IIV, Milliy Gvardiya va boshqa tashkilotlar vakillari yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring