Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaliq. Ayanchli oqibatdan bir soniya ajratib qoldi (video)

Olmaliq. Ayanchli oqibatdan bir soniya ajratib qoldi (video)

Foto: Videolavhadan skrin

Joriy yilning 15-avgust kuni soat 18:20larda, Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Ipak yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan hodisada uch kishining hayoti jiddiy xavf ostida qolishi mumkin edi.

Ushbu yo‘l bo‘ylab harakatlanib kelayotgan 2001 y.t. haydovchi R.A. «Neksiya» rusumli transport vositasida tezligini me’yoridan oshirgan holda harakatlanayotib, ko‘cha bo‘yida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustaxona oldida to‘xtab turgan «Damas» rusumli avtomobilga to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Bu vaqtda uch kishi ustaxona oldidagi ikki «Damas» oralig‘ida turishardi. «Neksiya» kelib urilishi oldidan bir lahzada uch kishi qochib qolishga ulgurgan, aks holda ular ikki mashina oralig‘ida qolib ketishlari mumkin edi.

IIB YHXB xabariga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring