Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mamlakatlarni sanab o‘tishdi

Olimlar yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mamlakatlarni sanab o‘tishdi

Foto: «Roskosmos/Anton Shkaplerov»

Mutaxassislar Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja global isish Tinch okeanidagi ba’zi orollar uchun halokatli tugashidan ogohlantirdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mintaqa mamlakatlari anchadan buyon shiddatli dengiz to‘lqinlari, kuchli siklonlar, uzoq davom etuvchi qurg‘oqchilik va yer osti suvlarining sho‘rlanishidan aziyat chekib, qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazmoqda. Bundan tashqari, dengiz sathining ko‘tarilishi tufayli ko‘plab orollar suv ostida qolmoqda. Olimlarning fikricha, bu kataklizmlar sodir bo‘lishi sayyora isigan sari tezlashadi.

«Tinch okeani orollari, ehtimol, global isishdan ko‘proq zarar ko‘radi. Biz dengiz sathining ko‘tarilishini kuzatishda davom etamiz. Bu Kiribati, Vanuatu va Solomon orollari kabi joylarni yashashga yaroqsiz holga keltiradi», — dedi Greenpeace Australia Pacific tadqiqotlari bo‘yicha direktori Nikola Kazule.

Yaqinda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo guruhi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Yer 2030 yilga kelib Selsiy bo‘yicha haroratning oxirgi chegarasi 1,5-2 darajadan o‘tadi.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu jarayon butun dunyoga ta’sir o‘tkazadi va uni beqaror holga keltiradi: yomg‘ir va suv toshqini, qurg‘oqchilik va dengiz sathining ko‘tarilishi tez-tez kuzatiladi.

Mutaxassislar 20-30 yil davomida sayyoradagi haroratni barqarorlashtirish uchun dunyoning barcha mamlakatlarini atmosferaga bug‘xona gazlari chiqarilishini kamaytirishga chaqirishdi. Aks holda, ekspertlarning fikricha, insoniyat global isishni saqlab qololmaydi, bu qishloq xo‘jaligi va sog‘likka jiddiy zarar yetkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring