Olib qochilgan «Lacetti» uch ming dollarga sotib yuborildi
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 36 yoshli S.R., 27 yoshli S.R., 28 yoshli T.B. va 24 yoshli U.X. tomoinidan O.B. ga tegishli bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomashinasi olib qochildi.
Olib qochilgan avtomashina Namangan shahrida yashovchi fuqaroga 3000 AQSh dollarga sotishga kelishilib, 2300 AQSh dollarini olib, pullarni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida O.B.ga tegishli bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomashina Namangan shahrida yashovchi fuqarodan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi «b» bandi (transport vositasini olib qochish) bilan qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibida ushlanishgan.
Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter