Ohangarondagi YTHda halok bo‘lgan fuqaroning shaxsi aniqlashtirilmoqda
![Ohangarondagi YTHda halok bo‘lgan fuqaroning shaxsi aniqlashtirilmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/8/1/720_460_95_816819472.jpg)
Yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etgan noma’lum erkak kishining shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.
Qayd etilishicha, kecha, 3-mart kuni soat 20:00 larda Namangan viloyatida yashovchi Sh.Sh. o‘ziga tegishli «Neksiya» avtomashinasini «Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh» avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududidan o‘tgan 148-kilometrida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
Oqibatda piyoda, shaxsi noma’lum osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 30-35 lardagi erkak kishini urib yuborgan. Piyoda hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter