Ogoh bo‘ling: Sirdaryoda qalbaki dollar sotayotganlar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Yangiyer shahar, A.Jomiy MFY hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar A.A. va K.N. qalbaki 8 370 AQSh dollarini fuqaro A.A.ga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ushlanib, 101 dona 50 AQSh dollari, 33 dona 100 AQSh dollari va 1 dona 20 AQSh dollari ko‘rinishidagi qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter