Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odam tashiyotgan «Labo»ning ortidan yuk mashinasi urildi. Oqibati ayanchli bo‘ldi

Odam tashiyotgan «Labo»ning ortidan yuk mashinasi urildi. Oqibati ayanchli bo‘ldi

Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, hodisa 2022-yil 12-noyabr kuni soat 09:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani, Toshli MFY hududidan o‘tuvchi 4R-87 avtomobil yo‘lining 46-kilometrida sodir bo‘lgan.

1986-yilda tug‘ilgan haydovchi B.Sh. «Labo» rusumli avtomobilning yukxonasida odam tashish qoidalarini buzgan holda yo‘lovchilar mindirib harakatlanayotgan vaqtda yoqilg‘isi tugab transport vositasi sekinlashgan.

Haydovchi avtomobilni yo‘l chetiga olib chiqayotgan vaqtda ushbu yo‘nalishda, ortidan harakatlanib kelgan haydovchi, 1987-yilda tug‘ilgan G‘.T. «Isuzu» rusumli avtomobilda yo‘l chetiga harakatlanayotgan «Labo»ning aynan odamlar minib olgan qismiga qattiq zarb bilan to‘qnashgan va ikkala yuk avtomobillari yo‘l chetiga ag‘darilgan.

YTH natijasida, «Labo» avtomobilining yukxonasida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilar og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, besh nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-modda 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring