Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Afg‘onistonda 9 nafar tolibon jangchisi yo‘q qilindi

OAV: Afg‘onistonda 9 nafar tolibon jangchisi yo‘q qilindi

Foto: «Samaa.tv»

Afg‘oniston janubidagi Hilmond viloyatida o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida mamlakat xavfsizlik kuchlari tomonidan «Tolibon» jangari guruhining 9 nafar jangchisi yo‘q qilingan hamda 18 nafari jarohatlangan. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida uch tolibon qo‘mondoni, shuningdek, qurol va portlovchi moddalar qo‘lga olingan.

So‘nggi paytlarda sharqiy va janubiy Afg‘onistonning Logar, Nangarhar va Hilmond viloyatlarida, shuningdek, respublikaning shimolida (Qunduz, Jazjon va Parvan) ekstremistik guruhlarning mavqelari sezilarli darajada kuchaygan. Shu bilan birga, radikal guruhlarning qo‘mondonlari va oddiy askarlari «Islom davlati» terrorchilik tashkilotiga sodiqligini namoyon etishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring