Nurafshonda hushyor fuqaro o‘g‘rini ushlab oldi
Joriy yilning 18-fevral kuni Nurafshon shahrida yashovchi J.I. shu shahardagi uylardan biriga (kamera o‘rnatilmagan) darvozasi orqali erkin yo‘l bilan kirib, nafaqaho‘r K.Q.ning oshxonasidan jami bahosi 600 000 so‘m bo‘lgan 1 dona «LG» rusumli televizori va 1 dona tyunerini o‘g‘irlagan.
Biroq hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida shu manzilda yashovchi A.Q. tomonidan ushlangan.
Hozirda J.I.ga nisbatan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25/169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Birovning mulkiga tajovuz qilib, uni talon-taroj qilgan har bir shaxs qonun oldida javob beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter