Nukusda «Trailblazer» olib qochildi (foto)
2023 yil 1 may kuni soat 01:40 larda noma’lum shaxs Nukus shahri G‘ayri nag‘is ko‘chasida joylashgan 39 yoshli X.R.ga tegishli qurilishi tugallanmagan uy garaji oynasini sindirib, «Trailblazer» rusumli avtomashinasini eshiklari qulflanmagan, ochiq va kaliti o‘t oldirish joyida qoldirganligidan foydalanib, ushbu avtomashinani noma’lum tomonga olib qochib ketganligi aniqlangan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlar natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan «Trailblazer» rusumli avtomashina, noma’lum shaxs tomonidan Nukus tumani hududidagi yo‘l chetidagi daraxtga urilib, ag‘darilgan holda topilgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyida avtomashinada bo‘lgan noma’lum shaxs qo‘lga olinib, uning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u muqaddam sudlangan 31 yoshli M.A. ekanligi va u o‘ta mast holdaligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi «g» bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter