Nukus shahrida o‘zini suvga tashlagan qiz holati haqida ma’lumot berildi
Joriy yilning 26 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 21 yoshli qiz o‘zini kanalga tashlagani yuzasidan axborot internet tarmoqlarida keng tarqaldi.
Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Unga ko‘ra, 2021 yil 26 aprel kuni soat 08:30lar chamasida Nukus shahar «Jiydeli baysin» MFYda yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro N.D. o‘z joniga qasd qilish maqsadida Nukus shahridagi “Do‘stlik” kanaliga o‘zini tashlagan. Shu joyda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi qizni qutqarib qolgan.
N.D.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda fuqaro N.D. o‘z uyida va sog‘lig‘i bo‘yicha hech qanday shikoyati yuq. O‘z joniga qasd qilish sabablari o‘rganilib chiqilganda, qiz hech qanday tazyiq ostida bo‘lmaganini, oilasida ham hech qanday janjal yo‘qligini va o‘zining tanish o‘rtog‘i bilan gap tortishib qolganligini aytib o‘tgan.
Fuqaro N.D. Nukus shaxrida oilasi bilan birgalikda yashaydi. 2017 yilda N.D. Nukus shahar IIB tomonidan profilaktik hisobga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter