Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noma’lum ayol «Youtube» bosh ofisini o‘qqa tutdi

Noma’lum ayol «Youtube» bosh ofisini o‘qqa tutdi

Foto: Scott Strazzante / The Chronicle

Bugun, 4-aprel kuni AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan «Youtube» ofisida otishma sodir bo‘ldi.

Mahalliy politsiya ma’lumotlariga asoslanib, «RIA Novosti»ning ma’lum qilishicha, jimoyatchi Nasim Agdam ismli ayoldir.

U qora kiyimda, niqob taqqan holatda ofisga bostirib kirgan. Ayolning «Youtube»ga hech qanday aloqasi yo‘qligi aytilgan.

Otishma Kaliforniyaning San-Bruno shahrida sodir bo‘lgan, jinoyatchi jonsiz holatda topilgan. U o‘z joniga qasd qilgani taxmin qilinmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ma’lumot berishicha, to‘rt kishi jarohat olgan, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Mazkur voqea terrorizmga aloqador emasligi ma’lum qilindi. Prezident Tramp ham voqeadan xabardor qilingan. AQSh rahbari esa jarohatlanganlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring