Nodira Qodirova o‘limi bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olingan – TIV
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 23 yoshli Nodira Qodirovaning Anqaradagi o‘limi bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
«Anqara shahri prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Xususan, guvohlar so‘roq qilinmoqda, telefon suhbatlari va elektron yozishmalar mazmuni o‘rganilyapti. Tergov organlari sud-tibbiy ekspertizasi xulosasini kutishmoqda. Shuningdek, elchixona xodimlari Turkiyadagi o‘zbek diasporasi vakillarining mazkur masaladagi savollariga javob berishmoqda», – deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1-yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli o‘zbekistonlik Nodira Qodirovaning o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgandi.
Nodira Qodirovaning dugonasi telefon orqali marhuma bilan so‘nggi suhbatida nima haqida gaplashganini so‘zlab, turkiyalik deputat o‘zbekistonlik qizga tajovuz qilganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter