Nigeriyada xavfli virusdan 142 kishi vafot etdi
![Nigeriyada xavfli virusdan 142 kishi vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3027439340.jpg)
2018-yilning yanvar oyidan buyon Nigeriyada Lassa virusiga chalingan 800 bemordan 142 nafari vafot etdi, deya bayonot berdi 5 aprel kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Nigeriya Epidemiya nazorati milliy markazining e’lon qilgan yangi bayonotida qayd etilishicha yil boshidan buyon 142 nafar bemor vafot etgan. Umumiy hisobda ushbu kasallikka chalinganlar soni 1706 tani tashkil qiladi. Shundan 400 tasining ahvoli ijobiy deya baholangan bo‘lsa, yana 9 tasi ehtimoliy. 1273 ta holat salbiy deya baholangan. Hozirda 24 ta holat bo‘yicha natijalar chiqishi kutilmoqda.
Ushbu virusli infeksiya Marburg va Ebola viruslari bilan bir oilaga mansub hisoblanadi. Virusning Lassa deb nomlanishi Nigeriya shimolidagi joy nomi bilan bog‘liq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda Nigeriyadagi mavjud 36 ta shtatdan 20 tasida mazkur virus bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan. Hozircha 8 ta shtat epidemiyaning faol fazasidan chiqqan.
JSSTga ko‘ra, mazkur virus ilk bora Nigeriyada 1969-yilda qayd etilgan. Kasallik bemorning qoni va boshqa tanasidan chiqqan suyuqliklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lganda va kemiruvchilar ekskretsiyasi orqali yuqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter