Navoiyda cho‘kayotgan qiz qutqarildi
Joriy yilning 15-iyul kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida «To‘dako‘l» suv havzasining cho‘milish uchun mo‘ljallangan qismida, A.Z. ismli qizcha (2010-yilda tug‘ilgan) ota-onasi bilan cho‘milishga keladi.
Shundan so‘ng, nazoratsiz qolgan bola havo orqali to‘ldirilgan ballon yordamida cho‘milayotgan vaqitida suvga tushib, cho‘ka boshlagan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur voqeani kuzatib turgan va ayni damda navbatchilikni o‘tayotgan Navoiy viloyati FVB qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, qutqaruv ishlariga kirishadi. Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida, qizcha o‘z vaqtida qutqarib qolindi hamda ota onasiga sog‘-salomat topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter