Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda 24 yoshli yigit rashk tufayli qo‘lini qonga botirdi

Navoiyda 24 yoshli yigit rashk tufayli qo‘lini qonga botirdi

2021 yilning 20 aprel kuni soat 21:30 larda 24 yoshli X.Doniyor Navoiy shahar S.Ayniy ko‘chasida yashovchi tanishi 28 yoshli X.Nigora o‘zining yashash xonadonida 29 yoshli A.Jamshid bilan o‘zaro gaplashib turganligini ko‘rib qolib, rashk tufayli oshxona pichog‘i bilan X.Nigora va A.Jamshidlarning qorin sohasiga qasddan bir marotabadan urib jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.Doniyorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring