Navoiy viloyati hokimi yana iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirdi
Poytaxtimizdagi Muhtasham Xalqlar Do‘stligi saroyida Navoiy kon metallurgiya kombinatining 60 yilligi va 1- iyun — «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan NKMK tasarrufidagi san’at jamoalari ishtirokida «Qizilqum javohirlari» nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbiri davomida Navoiy viloyatining taniqli san’atkor va raqs guruhlarining chiqishlari tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, tadbir so‘nggida yoshlarni rag‘batlantirish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Farhod» madaniyat saroyi jamoasiga Prezident sovg‘asi Spark avtomashinasini Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov nomidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi Jamshid Xodjayev tomonidan topshirilgani yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tiborning yana bir tasdig‘i ekanligidan dalolat beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter