Namangandagi bozorda ayollar janjal ko‘tardi: IIB bayonoti
![Namangandagi bozorda ayollar janjal ko‘tardi: IIB bayonoti](https://static.xabaruz.com/crop/6/2/720_460_95_620677886.png)
Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda ayollar bozor hududida janjallashayotgani tasvirlari tarqaldi.
Viloyat IIBga ko‘ra, mazkur holat 29-mart kuni Namangan shahrida joylashgan «Chorsu» dehqon bozori hududida tashkil etilgan yarmarkada kartoshka mahsuloti arzonlashtirilgan holda sotilgan jarayonda yuzaga kelgan.
Bozor ichida savdo qilayotgan bir nechta ayollar kartoshkaning narxiga e’tiroz bildirib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi hatti-harakatlarni sodir etgan.
Holat yuzasidan hududiy Ichki ishlar bo‘limi va profilaktika inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter